Uchtepa tumani 116 - sonli umumiy o‘rta ta’lim muassasasining namunaviy NIZOMI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Ustav  116-sonli  umumiy o‘rta ta’lim muassasasiniig (keyingi o‘rinlarda - umumta’lim muassasasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Nodavlat umumta’lim muassasasi o‘z Ustavini mazkur Nizomga muvofiq, ishlab chiqishi va tasdiqlashi tavsiya etiladi.
 2. Umumta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstituiiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligining buyruq, topshiriq va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
 3. Umumta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u o‘quvchi yoshlarga I-XI sinflar hajmida davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o‘rta ma’lumot beruvchi majburiy ta’lim muassasasidir.
 4. Umumta’lim muassasasi: yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z Ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga (O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.
 5. Umumta’lim muassasasi Ustavi Pedagogik kengashda qabul qilinadi, tuman (shaxar) xalq ta’limi bo‘limida tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
 6. Davlat umumta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.
O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish maqsadida umumta’lim muassasalarida qo‘shimcha pullik ta’lim xizmatlari tashkil etilishi mumkin.
7. Umumta’lim muassasasida ta’lim olish tilini tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Umumta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiritilgan  boshqarmasi, Uchtepa tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasasi hisoblanadi.
9. Umumta’lim muassasasi Toshkent shahar, Uchtepa tumani joylashgan.

2-bob. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari
 
10. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim 
va tarbiya olish yuzasidan konstitusiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
X-XI sinf o‘quvchilariga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy ta’lim beriladi.
11. Umumiy o‘rta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olishini ta’minlash, ularda bilim olish extiyojini rivojlantirish;
o‘quvchilarda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z oilasiga, Vataniga va xalqiga sodiqlik ruxida shakllantirish;
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qitishning zamonaviy pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini samarali joriy etish va natijadorlikka erishish;
o‘quvchilarning o‘ziga xos individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirnsh, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishlari va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish.
 12. Umumta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun barcha zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik ta’lim-tarbiya muhitini yaratib beradi.
 
3-bob. Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish
 
 13. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim (I - IV sinflar), tayanch o‘rta ta’lim (V-IX sinflar) hamda umumiy o‘rta ta’lim (X-XI sinflar) bosqichlaridan iborat bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
14. Boshlang‘ich ta’lim (I - IV sinflar) - tayanch o‘rta ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga qaratiladi.
 15. Tayanch o‘rta ta’lim (V-IX sinflar) - bilimlarning zaruriy hajmini beradi, mustaqil fikrlash, ta’lim dasturi mazmuniga mos qobiliyat va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Shuningdek, tayanch o‘rta ta’lim o‘quvchilarga yo‘nalishni ixtiyoriy ravishda tanlash asosida umumta’lim muassasasining X- XI sinflarda yoki akademik litseylarda ta’limni davom ettirish huquqini beradi.
16. Umumiy o‘rta ta’lim (X- XI sinflar) - umumta’lim dasturlarini o‘zlashtirish asosida o‘quvchilarda ijtimoiy hayot uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, kompetensiyalarni shakllantirish, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltiradi hamda ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim - umumta’lim muassasasi bitiruvchilariga yo‘nalishni ixtiyoriy ravishda ta’limni kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish huquqini beradi.
 17. Umumta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlar umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi va umumiy o‘rta ta’lim dasturi asosida amalga oshiriladi.
Umumta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalar (dars jadvalini shakllantirish, haftalik o‘quv yuklama) umumiy o‘rta ta’limning davlat standartiga asosan ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq belgilanadi.
 18. Umumta’lim muassasasining quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin:
boshlang‘ich maktab (o‘qitish muddati 4 yil: I - IV sinflar);
umumta’lim maktabi (o‘qitish muddati 11 yil: I - XI sinflar);
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (o‘qitish muddati 10 yil: (II - XI sinflar);
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan - ixtisoslashtirilgan maktab- internat (o‘qitish muddati 7 yil: V - XI sinflar).
19. Umumta’lim muassasasida iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish va ularni ayrim fanlarga chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘qitish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshiriladi.
 20. Zaruriyatga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ovqatlanishi va yashashi uchun lozim darajadagi shart-sharoitlar yaratiladi.
21. Yangi o‘quv yilida ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan hamda belgilangan me’yorlar bo‘yicha tegishli maydonga ega bo‘lgan umumta’lim muassasasida tashkil etiladigan sinflarda o‘quvchilar sonining oshishi muassasaning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri kelmagan xollarda, umumta’lim muassasasining qo‘shimcha talabi asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlarining roziligi bilan qo‘shimcha sinflar tashkil etiladi.
 22. Tibbiy komissiya xulosasiga asosan bolalarga yakka tartibda uyda ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.
23. Umumta’lim muassasasida sinfdan tashkari mashg‘ulotlar va to‘garak ishlari o‘quvchilar va ota-onalar hoxish istaklarini, o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan xolda o‘tkaziladi.
 
4-bob. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
 
24. O‘quv yili umumta’lim muassasalarida tegishli yilning 2 sentyabridan kelgusi yilning 25 mayiga qadar davom etadi va to‘rtta chorakka bo‘linadi.
25. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
o‘quv yilining davomiyligi - 34 xafta (I sinflar uchun 33 xafta);
o‘quv haftasining davomiyligi - 6 kun ( I-IV sinflar uchun 5 kun);
dars mashg‘ulotining davomiyligi - 45 daqiqa;
dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus - 5-10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi - 15-30 daqiqa).
26. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.
27. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan xolda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
 28. O‘quv yili davomidaga ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
baxorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha;
ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlamaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi;
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
 29. Umumta’lim muassasalarida yozgi ta’til kunlari kunduzgi oromgohlar va maydonchalar tashkil etilishi mumkin.
30. Belgilangan me’yorlar bo‘yicha tegishli maydonga ega bo‘lgan umumta’lim muassasasining sinflari to‘liqligi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
31. Quyidagi xollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi:
o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining X-XI sinflarida «Chet tili» fani, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigai davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, V-IX siaflarda «Texnologiya», V-XI sinflarda «Informatika va axborot texnologiyalari», VIII-XI sinflarda «Jismoniy tarbiya», ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarda «O‘zbek tili» fani hamda ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida «Rus tili» fani.  
 32. O‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos xolda o‘qitish natijalarini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarida quyidagi nazorat turlari olib boriladi:
joriy nazorat - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam ravishda tekshirib borish uchun so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar ko‘rinishida o‘tkaziladi;
oraliq nazorat - chorak yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baxolash uchun o‘quv dasturining bir qismi tugaganda amalga oshiriladi va yozma nazorat ishi yoki testlar ko‘rinshida olib boriladi;
bosqichli nazorat - o‘quv yili tugaganda og‘zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari ko‘rinishida amalga oshirilib, unga asosan o‘quvchining yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va o‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazishga qaror kilinadi;
yakuniy nazorat - tayanch o‘rta ta’lim  va umumiy o‘rta ta’lim tugaganidan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi;
Chet tili fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi xalqaro baholash tizimi asosida aniqlanishi mumkin.
 33. Umumta’lim muassasalarining  va X sinf o‘quvchilari tegishli fanlardan bosqichli nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan so‘ng keyingi sinfga o‘tkaziladi.
 34. Tibbiy-maslaxat komissiyasining xulosasi va umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan o‘quvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etish mumkin.
Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.
 35. Umumta’lim muassasasining IX sinfni tugatgan o‘quvchilarga davlat namunasidagi tayanch o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnoma, VIII-IX sinflardagi o‘qishi davrida faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa 
ega bo‘lgan, yakuniy davlat attestasiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi.
Umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, X-XI sinflardagi o‘qishi davrida faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa ega bo‘lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga  esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassaasalarining IX sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvori va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan XI sinf bitiruvchilariga oltin medal beriladi;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining IX sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan yillik baxolari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan XI sinf bitiruvchilariga kumush medal beriladi.
Davlat ta’lim standartalari doirasida umumta’lim dasturlarini mustaqil o‘zlashtirgan o‘quvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestasiyasini topshirish xuquqi beriladi. Yakuniy davlat attestasiyasini eksternat tartibida muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.

5-bob. Umuta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish
 
36. Maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida amalga oshiriladi.
37. Umumta’lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi.
 38. Umumta’lim muassasalarining I sinfiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktab yoshidagi bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.
39. Bolalarni umumta’lim muassasasining 1 sinfiga qabul qilish uchun ularning       ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:
ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza;
ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvoxnomasi) nusxasi (doimiy propiskami yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko‘rsatilgan holda);
bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvoxnomasi nusxasi;
bolaning sog‘ligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
bolaning 3,5 x 4,5 sm xajmdagi 4 dona rangli fotosurati.
40. Davlat umumta’lim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
 41. Maktab yoshiga yetgan bolalar umumta’lim muassasasining I sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar, tanlovsiz qabul qilinadi.
 42. O‘qishga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari mazkur Ustav, ichki tartib-qoidalari va ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim.
 43. Umumta’lim muassasasi rahbariyati har yili iyun-avgust oylarida o‘qishga qabul qilish ishlarini tashkil etish uchun zarur choralarni ko‘radi.
 44. Xorijiy fuqarolarni umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 
6-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish
 
 45. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish umumta’lim muassasalariga tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena talablariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish uchun mas’uldirlar.
 46. Umumta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (mahsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatshi uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
 47. Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarini har yilgi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 48. Umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash maktab psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.
 49. Og‘zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida o‘qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shaxobchasi tashkil etilishi mumkin.
 
7-bob. Pedagog kadrlar bilan ta’minlash
 
50. Tegishli oliy ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatli shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning umumta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 51. Pedagog kadrlar belgilangan tartibda malaka oshirish kurslariga jalb etiladi, ularni qayta tayyorlash vakolatli idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
 52. Umumta’lim muassasasi pedagogik jamoa a’zolari o‘qitish yo‘nalishlari (tabiiy, aniq, gumanitar, ijtimoiy va boshqa fanlar) bo‘yicha uslubiy birlashmalarga birlashadilar.
 53. Umumta’lim muassasalari pedagoglarining (o‘quv fanlari va soatlari bo‘yicha) vazifasini vaqtincha bajarib turish hamda xodimlarining sinfdan tashqari faoliyati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 54. Umumta’lim muassasasi rahbariyati pedagoglarning obro‘-e’tibori 
va ijtimoiy maqomini, ularning mas’uliyati va kasb mahoratini oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishli ishlarni amalga oshiradi, ularning tizimli ravishda malaka oshirishlari va o‘z ustida ishlashlari, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek yangi o‘quv dasturlari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

8-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish
 
55.  Umumta’lim muassasasi direktorlarini lavozimga tayinlashda Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi. Xalq ta’limi vazirligiga bevosita bo‘ysunuvchi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bundan mustasno.
56.Umumta’lim muassasalari direktorlarni lavozimidan ozod etish mehnat qonunchiligiga belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumta’lim muassasasida jamoatchilik nazorat tizimini joriy etish maqsadida, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi (matnda bundan buyon Kuzatuv kengashi deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Kuzatuv kengashi Xalq ta’limi vazirligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan umumta’lim muassasasi direktorini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish vakolatiga ega.
Kuzatuv kengashining boshqa vakolatlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 57. Umumta’lim muassasasi direktori muassasaning tashkiliy- huquqiy, o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tashkil etilishiga bevosita mas’ul hisoblanadi.
58.  Umumta’lim muassasalarida pedagogik va metodik kengashlar tuziladi va uning faoliyati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tartibga solinadi.
 59. Pedagogik kengash umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
 60. Umumta’lim muassasasida qonun hujjatlariga muvofiq o‘quvchilarning jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsatadi.
 61. Umumta’lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish va akkreditasiya qilish hamda rahbar va pedagog xodimlarini attestasiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 
9-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilariping huquq va majburiyatlari
 
62. Quyidagilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi: 
umumta’lim  muassasasining o‘quvchilari  (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb yuritiladi);
umumta’lim  muassasasining  pedagoglari   (keyingi  o‘rinlarda o‘qituvchilar deb yuritiladi);
umumta’lim  muassasasining   ma’muriyati  (direktor,  direktor o‘rinbosarlari);
o‘quvchilarning ota-onalari;
 
63. O‘quvchilarning huquqlari:
davlat standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasida bepul ta’lim olish;
o‘z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat-qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;
turli xil ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, seminarlar, anjumanlar, olimpiadalar, ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish; 
qo‘shimcha (pullik va bepul) ta’lim xizmatidan foydalanish; 
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
 
64. O‘quvchilarning majburiyatlari:
O‘zbekistan Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, odob-axloq qoidalariga rioya qilish:
mazkur Ustav va ichki tartib qoidalarini so‘zsiz bajarish; davlat ta’lim standartlari xajmida umumiy ta’lim olish uchun intilishlari;
dars jadvali asosida darslarga o‘z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari;
o‘quv jarayoni uchun kerak bo‘lgan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o‘quv qo‘llanmalari va daftarlarini to‘liq olib kelish; 
ushbu Ustavda belgilangan o‘quvchi formasida kelish; 
o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish; 
o‘z bilimi va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil ravishda oshirish va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirish;
umumta’lim muassasasi va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko‘rsatish;
umumta’lim muassasasi mulkini asrab-avaylash.
 
65. O‘qituvchilar:
O‘zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi va yetarli kasbiy mahoratga ega bo‘lishi;
umumta’lim muassasasida va pedagogik jamoa orasida o‘z bilimi, yurish-turishi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi (kiyinish madaniyati bilan boshqalarga o‘rnak bo’lishlari;
ijtimoiy hayot uchun maqbul bo‘lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o‘quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lishlari;
umumta’lim muassasasi obro‘si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatishlari;
kasb mahoratining yuksak darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari;
o‘quvchilar shaxsini hurmat qilishlari va ularni zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilishlari;
o‘quvchilarni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruxida tarbiyalashlari,
mashg‘ulot o‘tkazishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borishlari;
belgilangan muddatlarda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug‘ilganda malaka oshirish institutlarida o‘z kasbiy maxoratlarini oshirishlari, yosh mutaxassislar esa o‘quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so‘ng malaka oshirishdan o‘tishlari;
metodik kengash va metod birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubyy ishlarda ishtirok etishlari;
pedagogik kengash va ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan o‘tkazilayotgan majlislarda ishtirok etishlari;
o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo‘lishlari;
mazkur Ustav, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.
 
66. Umumta’lim muassasasi  direktori:
umumta’lim muassasasi faoliyatining barcha lavozim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
o‘z lavozimi bo‘yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi;
umumta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;
ta’lim berish (o‘quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo‘jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi;
o‘z vakolatlari doirasida har bir xodimiga ular uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmani berishga haqli;
Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi;
umumta’lim muassasaning rivojlanish dasturlarini, o‘quv rejalari, kurslar, fanlar, o‘quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarni ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi;
umumta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;
umumta’lim muassasasi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘quv- uslubiy, ma’muriy, moliyaviy, xo‘jalik va boshqa masalalarni xal qilishda ishtirok etadi;
pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi;
dars jadvali, o‘qituvchilarning kundalik va yillik ish rejalarini, tarifikasiya ro‘yxatlari va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi;
o‘quvchilar va xodimlarining salomatliginu muhofaza qilish va mustahkamlash, sog‘lom ovqatlantirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi;
jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratadi;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshirad.
 
67. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
- direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha   o‘rinbosari   umumta’lim muassasasi direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman (shaxar) xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
-  direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari  umumta’lim muassasasi direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o‘quv jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o‘quv jarayonida xavfsizlik texnikasi  me’yorlari va  qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o‘quv  ishi bo‘yicha hisobotlarni yuritadi 
va umumiy majburiy ta’lim bo‘yicha ishni tashkillashtiradi;
-  direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita umumta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi.
 
68. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarini bajaradi:
 - pedagoglar jamoasining faoliyati bo‘yicha kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi;
- o‘qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o‘quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
- zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
- ta’lim jarayonining sifatini va o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ob’yektiv ravishda baholanishini, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlar ishini muntazam nazorat qiladi;
- pedagog xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan darslarni muntazam tahlil etib boradi;
- bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;
- o‘quv jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni qabul qiladi;  
- pedagog xodimlarga yangi dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi;
- o‘quv mashg‘ulotlari va ta’lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarning darslari sifatli va o‘z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydi, qoldirilgan va boshqa o‘qituvchi o‘rniga o‘tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi;
- belgilangan hisobot hujjatlari o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi;
- pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi, o‘quvchilar bilimlarini monitoringi o‘tkazishni amalga oshiradi;
- uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o‘z malakasini oshiradi;
- pedagoglar va boshqa xodimlarini attestasiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etadi;
- pedagoglar va o‘quv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va direktorga topshiradi;
 - direktorning xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida o‘quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etadi;
- mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda havfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘limlar ishlab chiqilishini va muntazam qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;
- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda yo‘l harakati, suzish havzalari va ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi;
- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
 
69. Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
 - direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari direktorning tavsiyasiga ko‘ra tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
-  direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga umumiy uslubiy raxbarlikni amalga oshiradi;
 - aniq bir tadbirlar o‘tkazilganida o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda havfsizlik texnikasi me’yoriga va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bevosita umumta’lim muassasasi direktorga bo‘ysunadi.
 
70. Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi:
 - o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigai ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha joriy va istikbol rejalar tuzilishini va uning o‘tkazilishini tashkil etadi;
- sinf rahbarlari, Yoshlar ittifoqi yetakchisi, psixolog, kutubxonachi, to‘garak rahbarlari va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi boshqa xodimlarning  ishini muvofiqlashtiradi;
- muntazam ravishda ma’naviy-maьrifiy ishlar sifatini, to‘garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o‘tkazilishi hamda to‘garak jurnallarini yuritilishini ta’minlaydi;
- ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda bevosita ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik qiladi;
- o‘quvchilariing darslarga qatnashishi (davomat)ni kundalik nazorat qiladi, surunkali dars qoldirayotgan o‘quvchilarni ota-onalar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ta’limga jalb etish choralarini ko‘radi hamda belgilangan namunadagi davomat jurnalini yuritilishini ta’minlaydi;
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida xuquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish yuzasidan xuquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda profilaktik tadbirlar o‘tkazadi;
- muassasa psixologi bilan birgalikda voyaga yetmaganlar orasida 
o‘z joniga qasd qilish va boshqa salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha suxbatlar o‘tkazadi;
- iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash va ularni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
- muassasa kutubxonachisi bilan birgalikda o‘quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi;
- o‘quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan sog‘liqni muhofaza qilish, yo‘l transport havfsizligi va boshqa baxtsiz xodisalarni oldini olish yuzasidan tadbirlarni tashkil etadi;
- o‘quvchilariing mazkur Ustav va ichki-tartib qoidalarida, odob-axloq qoidalarida belgilangan me’yorlarga amal qilinishi ustidan nazorat qiladi;
- o‘quvchilariing Ustavda belgilangan o‘quvchi formasida kelishlari, 
o‘quv qurollarini to‘liq olib kelishlari yuzasidan nazorat o‘rnatadi;
- qonun xujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
 
71. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi: 
- direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
- ta’lim muassasasi binolarining texnik xolatiga, ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir;
- ta’lim muassasasidagi xo‘jalik ishlarini nazorat qilish, har oyda ishchi-xodimlarni ish  kelganligi haqida tabel tayyorlaydi;
- moddiy tovar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo‘jalik va kanselyariya mollarini kirim qilish, ularni o‘z vaqtida tarqatish, ro‘yxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini yuritadi;
- xar o‘quv yili boshlangunga qadar barcha jixozlarni ta’mirlash, xar bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘yxat bo‘yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshiriq-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan xolda) topshiradi va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun xolatda qabul qilib oladi;
 - kommunal to‘lovlar (gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) bo‘yicha xisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib, taxlil qilgan xolda, byudjetdan ajratilgai mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qiladi;
- telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan xollarda xududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘radi;
 - ta’lim muassasasining sanitariya xolatini talablar darajasida bo‘lishida farroshlar, binoni ko‘rikdashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda texnik xodimlar ishini muvofiqlashtiradi;
- bir yilda bir marta jamoat komissiyasi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo‘yicha xatlov (inventarizasiya)dan o‘tkazadi;
- muassasada ko‘kalamzorlashgirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etadi;
- kuz-qish mavsumida issiqlik tizimidai foydalanishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo‘lmagan kunlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish xamda ushbu kunlarni ro‘yxatga olib, xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriyasiga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta xisob-kitob qilishi haqida ogoxlantiradi;
- kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizasiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor xolda keltiradi;
- yakka tartibda isitiladigan ta’lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilgi materiallarini vaqtida yetkazish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlaydi;
- yong‘in xavfsizligi asboblarini yetarli darajada bo‘lishini nazorat qiladi.
 
10-bob. Umumta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun yagona maktab formasiga qo‘yiladigan talablar
 
72. Umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun yagona maktab formasi O‘zbekiston Rsspublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘quvchilar tomonidan yagona maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lazim:
- kiyimlarni o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5-15 santimetr pastda bo‘lishi;
 - o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi;
 - oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;
 - ko’ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarining qadalgan bo‘lishi;
 - kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.
73. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.
 74. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari, yoshlar yetakchisi va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
75. Pedagog xodimlar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz, klassik-rasmiy uslubdagi kiyim va pardoz (erkaklar: kostyum-shim va galstuk, ok (yoki oqish) rangdagi ko‘ylak, soch va soqol olingan; ayollar: kostyum-yubka, 
oq (yoki oqish) rangdagi kofta, soch turmaklangan, o‘ta (qimmatbaho 
zeb-ziynatlarsiz)da yurishlari lozim.
 
11-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti
 
 76. Umumta’lim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlaigan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
77. Umumta’lim muassasasiga byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmasligi lozim.
78. Umumta’lim muassasasi o‘z Ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq qo‘shimcha mablag‘ topish xuquqiga ega.
79. Umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar xisobidan amalga oshiriladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeta mablag‘lari;
- umumta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonun xujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;   - jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan xomiylik xayriyalari, maxalliy xamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;
 konun xujjatlarida takiklanmagan boshka manbalar.
 80. Umumta’lim muassasalari shtatidagi xodimlar soni umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
81. Umumta’lim muassasasida o‘quvchilarga bepul umumiy o‘rta ta’lim berilishidan tashqari, qo‘shimcha (shu jumladan pulli) ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.
Ota-onalarning istaklariga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida pulli xizmat asosida 6 yoshli bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin.
82. Qonun xujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad xisobiga sotib olingan mol-mulk umumta’lim muassasasining mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
 83. Umumta’lim  muassasasining mol-mulki va pul mablag‘lari sarflanishi uchun bevosita direktor javobgar xisoblanadi.
84. Umumta’lim muassasasi tomonidan qonun xujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik xisobot yuritiladi.
85. Umumta’lim  muassasasi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ish haqiga ustamalar qonun xujjatlariga muvofiq belgilanadi.
 
12-bob. Yakuniy qoidalar
 
 86. Umumta’lim  muassasasining xalqaro xamkorligi xalqaro shartnomalar asosida  xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan  pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka odshrishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshiriladi.
 87. Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari 
va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi.
88. Umumta’lim muassasalarida ulariing ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlar, jumdadan siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etilishiga va faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
89. Umumta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish qonun talablariga muvofiq muassis (ta’sischi) tomonidan amalga oshiriladi.
Tugatilgan umumta’lim muassasasi muassisi (ta’sischisi) o‘quvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa umumta’lim muassasalariga o‘tkazish mas’uliyatini oladi.
90. Umumta’lim muassasasi tugatilgan taqdirda uning pul mablag‘lari 
va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan xolda, qonun xujjatlariga va umumta’lim muassasasining amaldagi Ustaviga muvofiq foydalaniladi.
91. Umumta’lim muassasasining amaldagi Ustavini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish: tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining yuristi bilan kelishilgan xolda qayta amalga oshiriladi.
92. Mazkur Ustav talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Foydali Havolalar