Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish tartibi


Arizani qabul qilish bosqichlari 
1-bosqich Ota-onalar 2022 yilning 15 iyunidan 5 iyuliga qadar elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, 1-sinfga chiqadigan farzandlarini uchun maktablarni tanlaydilar. Bunda ota-onalarga 3 ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi: Birinchi maktab ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, ya’ni yashash manziliga biriktirilgan mikrohududdagi maktab; Ikkinchi va uchinchi maktablar ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnashi uchun qulay bo‘lgan maktablar.

2-bosqich
Agar ota-onalar mikrohududdagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan bo‘lsa, ya’ni elektron ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi. 2022 yilning 6 iyulidan 31 iyulga qadar ota-onalar elektron platforma orqali tanlagan birinchi maktabga, ya’ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradilar, bunda hujjatlarni topshirish to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarining joylashishlari kafolatlanadi. 
 
Qabul shartlari
1-bosqich Ota-onalar 2022 yilning 15 iyunidan 5 iyuliga qadar elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, 1-sinfga chiqadigan farzandlarini uchun maktablarni tanlaydilar. Bunda ota-onalarga 3 ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi: Birinchi maktab ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, ya’ni yashash manziliga biriktirilgan mikrohududdagi maktab; Ikkinchi va uchinchi maktablar ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnashi uchun qulay bo‘lgan maktablar.

2-bosqich Agar ota-onalar mikrohududdagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan bo‘lsa, ya’ni elektron ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi. 2022 yilning 6 iyulidan 31 iyulga qadar ota-onalar elektron platforma orqali tanlagan birinchi maktabga, ya’ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradilar, bunda hujjatlarni topshirish to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarining joylashishlari kafolatlanadi.

Bolalarni umumta’lim muassasasining 1-sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:
- ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza;
- ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) (doimiy propiskasi yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko‘rsatilgan holda);
- bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
- bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
- bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.

1-sinfga bolalar yetti yoshga to‘ladigan yilida qabul qilinadi.O‘zbekiston Respublikasi 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri 9-moddasiga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Kelgusi 2022/2023 o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar 2022 yilning 31 dekabriga qadar yetti yoshga to‘ladigan bo‘lishi, ya’ni 2015 yilning 31 dekabr kuniga qadar tug‘ilgan bo‘lishlari lozim.

Foydali Havolalar