Respublika umumta’lim maktablari rahbarlari va o‘qituvchilari diqqatiga!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish ochilganini e’lon qilinadi.
Kurslar gibrid shaklda tashkil etilgan. Bunda joriy yilning 20-iyunidan 15-avgustiga qadar oflayn o‘qitish, 15-avgustdan 25-dekabrga qadar esa masofaviy seminarlar bo'lib o'tadi.
Kurs ishtirokchilari oflayn rejimda o‘qish muddati uchun yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Ushbu kursda o‘qishga quyidagi pedagoglarga ruxsat etiladi:
➖ona tili va adabiyot o‘qituvchilari;
➖ chet tili va adabiyoti o‘qituvchilari;
➖ rus tili o‘qituvchisi;
➖ davlat tili o‘qituvchilari;
➖ filologiya va tillar tayyorlash sohasi mutaxassislari;
➖tegishli mutaxassislik diplomiga ega bo‘lgan, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan o‘qituvchilar koreys tili o‘qituvchilari.
Qayta tayyorlash kurslariga yozilish uchun nomzoddan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖diplom nusxasi;
➖pasport nusxasi;
➖maktabdan yo‘llanma hamda bog’lanish uchun ishlab turgan telefon raqami (agar hozirda biron bir ta’lim tashkilotida ishlamayotgan bo‘lsa, yo‘llanma talab etilmaydi).
Nomzodlar ushbu pochta manziliga hujjatlarni jo'natishlari mumkin: bshakhnoz99@gmail.com
➖ Hujjatlarni qabul qilish 19-iyunga qadar davom etadi.
Qayta tayyorlash kursida eng yaxshi o‘qish natijalarini ko‘rsatgan ishtirokchilar Koreyaga amaliyot o‘tash uchun yuboriladi.
Talabalarni o‘qitish va joylashtirish uchun mablag‘ Koreya Ta’lim Markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Bog'lanish uchun:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari ( +998 97 461 75 61; +998 95 770 33 44)
O‘zbekistondagi Koreya ta’lim markazi (+998 99 027 57 34)