Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida malaka oshirish seminari tashkil etildi

Joriy yilning 22-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi kabi qator tashkilotlarning ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash va devonxona bo‘limlari mas’ul xodimlariga  malaka oshirish seminari o‘tkazildi. 
Malaka oshirish seminari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev tomonidan ochib berilib, muloqot davomida vazirlik tizimida ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Xususan, vazirlik va uning tizim tashkilotlari, hududlar kesimidagi ijro holati bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan monitoring tizimi haqida batafsil tushuntirish berildi. 
Mas’ullar vazirlik devonxonasida ish yuritilish tartibi hamda Axborot tahlil va ijro intizomi bo‘limi xodimlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi va fikr-mulohazalar almashinildi. 
Shundan so‘ng, ishtirokchilar vazirlik tizimida yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan murojaatlarni o‘rganish holati, fuqarolarni qabul qilish tartibi hamda Call-markazi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir davomida vazirlik tajribasi, ya’ni, kelib tushayotgan har bir hujjatni ro‘yxatga olish va uning ijro muddatini belgilash qat’iy tartib asosida amalga oshirilishi, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish hamda har bir topshiriqning o‘z vaqtida ijro etish tizimi to‘g‘risida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berildi.
Malaka oshirish seminari yakunida vazirlik va idoralarning mas’ullari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga  batafsil javob oldi.


Foydali Havolalar