O‘zbekistonda taʼlim natijalari yaxshilanadi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) vakolatxonasi tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston maktablarida sunʼiy intellekt asosidagi raqamli platformani mahalliylashtirish bo‘yicha pilot loyiha natijalari taqdim etildi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), YUNESKO, Jahon banki, Britaniya kengashi, USAID, Osiyo Taraqqiyot Banki, Yevropa Ittifoqi, GIZ, BMT Taraqqiyot dasturi, Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi hamda 50 dan ortiq milliy va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosariSardor Rajabov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda taʼlim natijalarini yaxshilash, taʼlim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lish, milliy va xalqaro hamkorlar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Ishtirokchilar tomonidan mamlakatimiz maktablarining 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 12 haftalik Eduten platformasini pilot loyihasi natijalarini muhokama qilindi.
Yig‘ilish so‘nggida pilot loyiha yordamida o‘quvchilarning matematika bo‘yicha bilimlari yaxshilanib, ularning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi oshirilishi qayd etib o‘tildi.